Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Huawei va ZTE kompaniyalari bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 506,8 mln dollardan ortiq 4 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi
    15.09.2022

    Bugun, 14-sentabr kuni Shanhay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlangan «Huawei International PTE., Ltd.» va «ZTE Corporation» kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  ishtirok etdi.

    Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar rahbarlarining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi doirasida ko‘plab sohalarda va ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy-texnik hamkorlik borasida aniq rejalar belgilanib, ularning amalga oshirilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bunday kelishuvlar, avvalo, insonlarning farovonligini oshirishga, ularning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilishi lozim.

    So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oldi. Taraqqiyotning muhim omili sifatida qaralayotgan telekommunikatsiya sohasi mamlakatimizda jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa, aholini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i va sifatli aloqa xizmatlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 14-16-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

    Tashrif doirasida «O‘zbektelekom» AK mamlakatimizdagi mavjud infratuzilmani modernizatsiyalash va hamkorlar bilan aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha bir qator ishlar olib bormoqda.

    Jumladan, «Huawei International PTE., Ltd.» va «ZTE Corporation» kompaniyalari Xitoy va O‘zbekiston xalqlarining farovonligi yo‘lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, Respublikamizda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 506,8 mln.AQSH dollaridan ortiq 4 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha «Huawei International PTE., Ltd.» va «ZTE Corporation» korporatsiyalari hamda “O‘zbektelekom” AK o‘rtasida jami 8 ta shartnoma imzolandi.

    Ushbu loyihalarni amalga oshirish doirasida ikki bosqichda respublikamizning g‘arbiy va sharqiy hududlarida telekommunikatsiya tarmoqlari va raqamlashtirishga qaratilgan infratuzilma rivojlantiriladi.

    Loyihalarning amalga oshirilish natijasida:

    Aholining telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari va qamrovi yanada kengaytiriladi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshiriladi;

    Xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet bilan to‘liq qamrab olishga, respublika bo‘ylab temir yo‘llarida yuqori tezlikdagi mobil internet bilan to‘liq qamrab olishga erishiladi.

    Shuningdek, Toshkent shahrida va barcha viloyatlar markazlarida beshinchi avlod 5G standartidagi tayanch baza stansiyalari o‘rnatadi va ma’lumotlarni uzatish va magistral transport tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati kengaytiradi.

    Ta’kidlash joizki, ushbu loyihalar mamlakatimizdagi axborot-kommunikatsiya sohasini yanada takomillashtiradi va shu bilan birga Yangi O‘zbekistonga zaruriy investitsiyalarni jalb qilish, hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati