Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Veon” rahbariyati Toshkent - Samarqand yo‘nalishidagi tez yurar poyezdda sayohatchilar endi Beeline orqali yuqori tezlikdagi internetdan bemalol foydalanishlari mumkinligi bo'yicha axborot berdi
    29.08.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Veon” kompaniyalar (Beeline Uzbekistan) guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashdi.

    Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda telekommunikatsiya xizmatlari sifatini  yanada rivojlantirish, AKT sohasiga  yanada ko‘proq sarmoya jalb etish, xususan, mobil aloqa operatorlarining samarali faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ta‘kidlandi.

    Uchrashuvda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida “Veon” kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish ayniqsa magistral yo‘llarda mobil хizmatlarini yanada yaхshilash masalalari  muhokama qilinib, Toshkent - Samarqand yo‘nalishidagi tez yurar poyezdda yuqori tezlikdagi internetdan  foydalanish imkoniyatlari bo'yicha taqdimot ham o'tkazildi.

    Shu bilan birga “Veon” rahbariyati Toshkent - Samarqand yo‘nalishidagi tez yurar poyezdda sayohatchilar endi Beeline orqali yuqori tezlikdagi internetdan bemalol foydalanishlari mumkinligi bo'yicha axborot berdi.

    Tomonlar ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati