Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari sohasiga yoshlarni keng qamrovda jalb qilish orqali IT sohasining eksportini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
    02.08.2022

    Bugun, 2-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati, tizimidagi korxona, tashkilot va taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida Vazirlik Hayʼatining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Kengaytirilgan majlisda joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasiga tashrif buyurib, u yerda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari va yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda IT sektoridagi ishlarning bugungi ahvoli va uni yana-da rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor topshiriqlar yuzasidan vazifalar ko‘rib chiqildi.

    Majlisda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Hayʼat raisi Sherzod Shermatov tomonidan 2022-yilning birinchi yarim yilligida Vazirlik hamda soha korxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, jumladan, IT Park rezidentlari eksport hajmi yaxshi natijalarga yetgani qayd etildi.

    “Bundan uch yil oldin IT Parklar tashkil qilinib, ularga alohida soliq solish rejimi joriy etilganligi sababli hozirda IT Park korxonalarida 12,5 ming nafar yosh yuqori daromadli ish joylari bilan taʼminlandi (o‘zini o‘zi band qilgan IT-mutaxassislari (frilanser) soni yil boshiga nisbatan 2,5 barobarga oshdi (18 mingdan 43 mingga).

    Joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimizda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT-kompaniyalari tashkil etildi, eksportyor korxonalar soni esa, 2 baravarga oshdi”, – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov.

    AKT vaziri mamlakatimizni IT-markazga aylantirish uchun, eng avvalo, telekommunikatsiya infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, takomillashtirish, barqarorligini taʼminlash zarurligini qayd etib, keyingi bosqichda ana shu infratuzilmani ishlatish uchun kadrlar tayorlash darajasini yuqori bosqichga ko‘tarish kerakligini taʼkidladi. Bundan tashqari, nafaqat poytaxtda, balki respublikamizning barcha hududlarida barchaga zamonaviy shart-sharoitlarni yaratib berish lozimligini aytib o‘tdi.

    Bundan tashqari, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish, ularning yuqori haq to‘lanadigan IT-kasblarini rivojlantirish orqali bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish, shu maqsadda mamlakatimiz bo‘ylab masofaviy xizmat ko‘rsatish markazlari (BPO-markazlari)ni bosqichma-bosqich tashkil etish choralarini ko‘rish, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar har qancha yaxshi bo‘lmasin, bu bilan chegaralanib qolmasdan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yana-da rivojlantirish doirasida hali ko‘plab ishlar qilinishi zarurligi alohida qayd etildi.

    Hayʼat majlisida AKT vazir o‘rinbosarlarining ham hisobotlari tinglandi.

    Majlisda telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida AKT vaziri o‘rinbosari J. Maxsudovning axboroti tinglandi. Qayd etilganidek, yil oxirigacha 800 mingga yaqin xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyatini yaratish, optik tolali internet qamrovini 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, magistral yo‘llarning mobil aloqa bilan qoplanishini 60 foizga yetkazish ishlarini jadallashtirish rejalashtirilgan.

    Shuningdek, majlisda IT-taʼlimni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratildi. Unda IT-mahsulotlar va xizmatlarini eksport qilishga yo‘naltirilgan xalqaro kompaniyalar bilan ishlashga mutaxassislar tayyorlash vazifalari belgilandi.

    Vazirlik Hayʼatining kengaytirilgan majlisida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalar rahbarlarining fikr-mulohazalari ham tinglandi. Viloyatlarda ham IT sohasini yana-da rivojlantirish uchun kompleks choralar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Bundan tashqari, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 26 iyuldagi Farmonida joriy etilgan yangi tartib va talablar hamda ijro intizomini mustahkamlashda rahbar va xodimlarning masʼuliyatini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Manba: Axborot xizmati