Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Samarqandda yangi qurilayotgan turizm markazida telekommunikatsiya infratuzilmasini va AKT tizimlarini ishga tushirish ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatuvchi ishchi guruhini tashkil etdi
    20.07.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Samarqand shahrida tashkil etilayotgan Samarqand turizm markazida telekommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

    Samarqand turizm markazi hududi mobil aloqa va mobil internet xizmatlari bilan qamrab olinib, hozirga qadar mobil aloqa va Internet xizmatlari bilan qamrab olish uchun 35 metrli 4 ta antenna-machta inshootlari o‘rnatildi.

    Qurilayotgan markaz turistik xabga aylanib, bu yerda xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun ham keng sharoit yaratiladi.

    Aholi va mehmonlarga qulaylik yaratish uchun Markazda axborot kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish doirasida AKT vazirligi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, obyektlar yuqori tezlikdagi uzluksiz Internet va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro telefon aloqasi bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, Samarqand turizm markazigacha bo‘lgan 5 kilometr masofada aloqa tarmoqlarini qurish ishlari bajarildi.

    Markaz kompyuter va nusxa ko‘chirish uskunalari, proyektorlar va ekranlar, shuningdek, zarur boshqa maxsus uskunalarni ajratishda, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun kompyuterlar, Wi-Fi va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan.

    Shuningdek, Samarqand shahrida 42,8 km aloqa liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari to‘liq yakunlandi.

    Vazir tomonidan hududda qurilayotgan ko‘p qavatli binolarning ichki qismini mobil aloqa va mobil internet xizmatlari bilan qamrab olish bo‘yicha Active DAS texnologiyasidagi ichki kam quvvatli mobil aloqa baza stansiyalarini montaj qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, hududdagi yig‘ilishlar zalida tashkil etilgan server xonalari, server xonasida olib borilayotgan montaj ishlari bilan tanishildi.

    Hududda “Xavfsiz shahar” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilayotgan vaziyatlar markazi (situasion sentr) binosining qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov hududda “Xavfsiz shahar” va telekommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ma’sullarga tegishli topshiriqlar berildi.

    Shu bilan birga,  AKT vaziri Samarqandda yangi qurilayotgan turizm markazida telekommunikatsiya infratuzilmasini va AKT tizimlarini ishga tushirish ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatuvchi ishchi guruhini tashkil etdi.

    Manba: Axborot xizmati