Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonliklar Meta (Facebook) kompaniyasidan loyiha uchun grant yutib olishdi
    25.05.2022

    Qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazoyev singapurlik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda Ami ruhiy salomatlik bo‘yicha startap ishga tushirish uchun Meta (Facebook) grantini qo‘lga kiritdilar. Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etdi.

    Loyiha ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun onlayn maslahat seanslarini o‘z ichiga oladi. Bu Osiyo mamlakatlaridagi biznes egalariga o‘z xodimlarining ruhiy salomatligini yaxshilash imkonini beradi.

    Startap asoschilari ta’kidlashicha, bunday platformani yaratish g‘oyasi pandemiyadan keyin paydo bo‘lgan, negaki Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2022-yil mart oyidagi hisobotiga ko‘ra, pandemiyadan so‘ng butun dunyo bo‘ylab depressiya, tushkunlik darajasi 25 foizga oshgan.

    "Biz Ami jamoasining ishtiyoqi va iste’dodidan hayratdamiz. Ularning Osiyo aholisiga ruhiy salomatliklarini saqlash yo‘lida yana bir usul taqdim etish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqchimiz", dedi Sunita Parasuraman, “Meta” kompaniyasining investitsiyalar bo‘limi rahbari.

    Osiyoning ulkan startap markazlari Singapur va Jakartadan tashqari, Ami startapini butun Osiyo boʻylab kengaytirish, bu orqali kompaniyalarga ruhiy salomatlik platformasi yordamida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Loyiha asoschilari, jamiyatda ruhiy salomatlik ahamiyati haqidagi bilimlarni oshirishni o‘zlari uchun oliy maqsad deb bilishadi.

    Moliyalashtirish bosqichida Meta'ga investorlardan “Goodwater Capital” (“Kakao”, “Coupang” va “Viva Republica”), “Strong Ventures”, “January Capital” va “Collaborative Fund” kelib qo‘shildi.

    Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazayev tomonidan, shuningdek, IT Park uchun mahorat darslari  o'tkazilgan.

    Platformaning ishlash usuli

    Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida foydalanuvchilar maxsus formani to‘ldirish jarayonida o‘zlarini eng ko‘p tashvishlantirayotgan masalalar haqida ma’lumot kiritadilar. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, platforma ularni kerakli shifokor bilan bog‘laydi va shu tariqa mutaxassisdan zarur psixologik yordam olinadi.

    Manba: Axborot xizmati