Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida 50 ta zamonaviy Ford reanimobillari Toshkent shahar Tez tibbiy yordam xizmatiga topshirildi
    12.05.2022

    Bugun, 12-may kuni “Toshkent City”da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida 50 ta zamonaviy Ford reanimobillari Toshkent shahar Tez tibbiy yordam xizmatiga topshirildi. Mashinalar bemorlarni tashish va ularga shoshilinch yordam ko‘rsatishga mos ravishda to‘liq jihozlangan.

    Prezidentimizning “Tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-oktyabrdagi PQ–3973-son qarorini ijrosini ta’minlash, hamda tez tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarish maqsadida “O‘ZIMPEKSALOQA” MCHJ tomonidan Ford rusumli tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari xaridi amalga oshirildi.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pandemiya davrida logistika xizmatlari murakkab bo‘lishiga qaramay, ushbu avtotransport vositalari o‘z vaqtida yetkazib berildi.

    Ta’kidlash lozimki, 2019-yilda shu rusumdagi 150 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan yetkazib berilgan edi. Bu pandemiya davrida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatishga katta xizmat qilgandi.

    2022-yil 5-mayda Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tez tibbiy yordam xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuklandi. Аynan ushbu topshiriqlarni bajarishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ham faol ishtirok etib, belgilangan topshiriqlarni amalga oshirmoqda.

    Ushbu avtotransport vositalarining yetkazib berilishi tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashadi va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilaydi. Shu o‘rinda, shoshilinch yordamga muhtoj har bir kishiga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish imkoniyatini kengaytiradi.

    Manba: Axborot xizmati