Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston BMTning keng polosali mobil internet xizmatlari narxi bo‘yicha ikki foizlik foydalanish ko‘rsatkichlarini bajargan davlatlar qatoriga kirdi
    09.04.2022

    BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining 2021-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali mobil internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik ko‘rsatkichini bajargan 4 davlat qatoridan joy oldi. 

    Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarini autsorsing qilish (BPO)” mavzusida tashkil etilgan xalqaro davra suhbatida so‘zlagan nutqida aytdi.

    “O‘zbekiston o‘tgan yilda keng polosali internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik foydalanish ko‘rsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olganini mamnuniyat bilan qayd etaman– dedi Marko Mantovanelli.

    O‘zbekiston hukumati raqamli transformatsiyani o‘zining strategik kun tartibiga qo‘yib kelmoqda.

    O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi va yangi ish o‘rinlarini yaratishda raqamli rivojlanishning muhim ahamiyatga ega.  Bugungi kunda  raqamli transformatsiyani o‘zining strategik kun tartibiga yuqori darajaga qo‘yildi. Ko‘plab dasturlar, jumladan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va kelgusi besh yilga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida raqamlashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

    Shuningdek, mamlakatda 600 mingga yaqin yangi ish izlovchilar 200 mingdan kam bo‘lmagan ish o‘rinlari uchun raqobatlashganini, bugunni kunda Hukumat yoshlar uchun munosib ish o‘rinlarini yaratayotgani, raqamli koʻnikmalarni mustahkamlash, IT va biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) xizmatlarini koʻpaytirish, Oʻzbekistonda, ayniqsa, hududlarda yuqori darajadagi masofaviy ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha yangi ustuvorliklarga erishmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati