Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda raqamli inklyuziya” qo‘shma loyihasini ishga tushirishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi
    04.04.2022

    Bugun, 4-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” keng ko‘lamli loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Loyiha raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, raqamli infratuzilma va IT-taʼlimni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

    BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish orqali ularning bandligini oshirish, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish vazirlik faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasi doirasida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish markazlarini (BPO-markazlari) tashkil etish va jihozlash ko‘zda tutilgan.

    Tomonlar ushbu loyiha O‘zbekistonning raqamli rivojlanishi doirasida muhimligini qayd etib, uni samarali amalga oshirish va AKT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

     

    Manba: Axborot xizmati