Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “UZINFOCOM” Yagona integratori mutaxassislari Farg‘onada yoshlar bilan uchrashdi
    30.03.2022

    IT Park Fargʻona filialida “UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ vakillari ishtirokida yoshlar bilan ochiq suhbat boʻlib oʻtdi.

    Suhbat davomida 100 nafarga yaqin dasturchi yoshlar bilan viloyatda yangi dasturchilar jamoasini shakllantirish, zamonaviy yoʻnalishda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha savol-javob suhbati boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Fargʻona viloyati yosh dasturchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻlaqonli javoblar oldilar. Bundan tashqari, dasturlashga endi kirib kelgan boshlangʻich dasturchilar ushbu jamoada oʻz bilim hamda koʻnikmalarini orttirib borishlari mumkinligi tushuntirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati