Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Beeline” brendi ostida faoliyat yurituvchi “Veon” kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha modernizatsiya qilingan gipertezlikdagi transport kanalini ishga tushirdi
    25.03.2022

    Bugun, 25-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  “Veon” kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori  Kaan Terzioglu bilan uchrashdi.

    Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda telekommunikatsiya xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, AKT sohasiga sarmoya jalb etish, xususan, uyali aloqa operatorlarining samarali faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

    Uchrashuvda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida “Veon” kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar va rezidentlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Masalan, IT Park rezidenti bo‘lgan xorijiy IT-kompaniyalarga infratuzilma va soliq imtiyozlari taqdim etilgan. Xorijiy IT-mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun viza olishning soddalashtirilgan “IT Visa” tizimi joriy etildi. Vazirlik rahbariyati tomonidan “Veon” kompaniyalar guruhi mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb qilish va ko‘chirish takliflari berildi.

    Muhim vazifalar qatorida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish ham bor. Bugungi kunda O‘zbekistonda “Veon” kompaniyalar guruhi ishtirokida uskunalarni modernizatsiya qilish va foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Shu maqsadda yig‘ilish doirasida ikki shahar o‘rtasida abonent trafigini 600 Gbit/s tezlikda uzatuvchi modernizatsiya qilingan “Toshkent-Samarqand” gipertezkor transport kanalining ramziy ishga tushirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Bu operatorning mobil xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun ijobiy qulaylik yaratadi. Bu “Beeline Uzbekistan” tarixida shunday sig‘imga ega bo‘lgan birinchi kanaldir.

    Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati