O‘zbekiston Respublikasidagi qator vazirlik, idora, agentlik, kompaniya va tashkilotlarning rasmiy Telegram kanallari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida verifikatsiya qilindi.
Vazirlik va idoralarning Telegram kanallarining verifikatsiyasi – ushbu sahifalarning rasmiy maqomga egaligi hamda unda e’lon qilinayotgan xabarlar haqiqatan o‘sha vazirlik yoki idoraga tegishli va ishonchli ekanligini tasdiqlovchi xavfsizlik chorasidir.
Telegram o‘z platformasidagi kanallarni verifikatsiya qilishda ularning YouTube, Facebook, Instagram yoki Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda verifikatsiyadan o‘tgan kanallari mavjudligi, tashkilotning rasmiy veb-saytida Telegram kanalga havola ko‘rsatilganligi va boshqa bir qator talablar bajarilganligiga e’tibor qaratadi.
2022-yil 21-yanvar holatiga vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda agentliklarning 13 ta Telegram kanallari verifikatsiya olgan edi.
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida 2022-yilning fevral – mart oylarida qo‘shimcha 32 ta Telegram kanallari verifikatsiyadan o‘tdi.
Quyida verifikatsiyadan o‘tgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda agentliklarning ro‘yxati va Telegram kanallari bilan tanishishingiz mumkin.
Avval verifikatsiya qilingan Telegram kanallarini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va tegishli vazirliklar ko‘magida verifikatsiya qilingan. Ularning ro‘yhati.
Vazirliklar:
Davlat qo‘mitalari:
Agentliklar:
Banklar
Uyushmalar
Hokimliklar
Birlashmalar:
Markazlar:
Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining quyi tuzilmalari
Yaqinda verifikatsiya qilingan Telegram kanallari ro‘yxati
Vazirliklar:
Davlat qo‘mitalari:
Agentliklar:
Inspeksiyalar:
Birlashmalar:
Manba: Axborot xizmati