Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi
    18.03.2022

    Bugun, 18-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda “Dr. Sulaiman Al Habib Medical Services Group Co.” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda AKT sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasidagi sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishga qaratilgan ustuvor loyihalarni moliyalashtirish kabi dolzarb va muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati