Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Tik Tok kompaniyasi vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
    16.03.2022

    Bugun, 16-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Tik Tok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

    Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va Davlat personallashtirish markazi mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi.

    Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Tik Tok bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakillari O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

    Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekistonda platformadan foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish masalalari ham muhokama qilindi.

    Kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan har-xil O‘zbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalishining oldini olish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirishdi.

    Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini  ochish bo‘yicha takliflar berildi.

    Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fiklar almashildi.

    Manba: Axborot xizmati