Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Beeline” brendi ostida ishlaydigan “VEON” kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyalar hajmini salmoqli darajada ko‘paytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish choralarini ko‘radi
    02.03.2022

    O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Barselona (Ispaniya Qirolligi)da bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida ishtirok etish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov va “VEON” kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda telekommunikatsiya tarmoqlarini, ayniqsa, olis va yetib borish qiyin bo‘lgan chekka qishloq hududlarida loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan investitsiyalar hajmini oshirish, IT-xodimlarni tayyorlash uchun xalqaro trenerlarni jalb qilgan holda ta’lim loyihalarini amalga oshirish kabi mavzular muhokama qilindi.

    Shuningdek, mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO (biznes jarayonlari autsorsingi) va KPO (bilim jarayonlari autsorsingi) xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirilishida “VEON” kompaniyasini bevosita ishtiroki masalasi ham ko‘rildi.   

    Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, istiqbolli ilmiy-tadqiqot va startap loyihalarni moliyalashtirish, grantlar orqali tanlovlar o‘tkazish hamda IT-ta’limga investitsiyalar hajmini oshirish kabi mavzularda fikr almashdilar.

    Shuningdek, “VEON” kompaniyasining 2022-yil 24-26-oktabr kunlari O‘zbekistonda AKT xaftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan” xalqaro raqamli forumida ishtirok etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

    Manba: Axborot xizmati