Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqanddа IT оperator hamshiralarning malakalari oshirildi
    01.03.2022

    Samarqand viloyatining qator hududlarida faoliyat yuritayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini axborot texnologiyalari hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha malakasini oshirish ishlari davom etmoqda.

    Bunga misol tariqasida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 28 nafar IT operator – hamshiralar, tibbiy ro‘yxatchi xodimlarining kompyuter savodxonligi va “Elektron sog‘liqni saqlash kompleksi” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha bepul tarzda malakalari oshirilib, bitiruv sertifikatlari taqdim etildi.

    Ta’kidlash lozim, har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan bir nafardan IT operator – hamshira lavozimi joriy etilgan.

    Manba: Axborot xizmati