Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri IT Park rezidenti bo‘lgan “IMPACTT” texnologik xabga tashrif buyurdi
    26.02.2022

    Bugun, 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning yanvar oyida ochilgan IT Park rezidenti boʻlgan “IMPACTT” texnologik xabga bordi.

    Tashrif davomida AKT vaziri xab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Xabni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonning IT-hamjamiyatini rivojlantirishdan iborat. Xab IT, tadbirkorlik sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, startap asoschilari va boshqa ekspertlarni birlashtiradi. 

    “IMPACTT” xab negizida venchur studiyasi yoshlarga istiqbolli startap gʻoyalari bilan yordam berish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan.

    Bundan tashqari, xab kovorking maydoni, ish va uchrashuvlar uchun alohida xonalar, dam olish joylari, qahvaxona va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

     AKT vaziri Sh. Shermatov xab tomonidan taqdim etilgan infratuzilma va imkoniyatlarni ko‘p ekanligini qayd etdi. Vazirlik va IT Park, xab rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati