Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park Sirdaryo viloyati filialida “Welcome day” tadbiri o‘tkazildi
    21.02.2022

    Sirdaryo viloyatida IT va BPO xizmatlari eksportini rivojlantirish, yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida logistika bo‘yicha axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi. Shu munosabat bilan IT Park Sirdaryo viloyati filialida “Welcome day” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda viloyat Axborot texnologiyalari boshqarmasi, IT Park direksiyasi, “Revochain Technology” MCHJ kompaniyasi direktori va viloyat soha tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

    Mazkur markazni tashkil etishdan asosiy maqsad – yoshlar bandligini ta’minlash, o‘z hududidan turib xorijiy kompaniyalar bilan ishlash imkoniyatini yaratish va viloyatda IT xizmatlar eksporti hajmini oshirishdan iborat.

    Markazda 20 nafar iqtidorli yoshlar uchun uch oylik o‘quv kurslariga start berildi.

    Manba: Axborot xizmati