Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Amiti universiteti rahbariyati ishtirokidagi onlayn konferensiyada qatnashdi
    18.02.2022

    Bugun, 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov va Amiti universiteti rahbariyati ishtirokidagi onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Suhbat davomida Toshkent shahridagi Amiti universitetining keyingi faoliyatini rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasidagi sheriklik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Talabalarni o‘quv davrining o‘zida bitirganidan keyin ish bilan ta’minlash imkonini taqdim etish maqsadida, universitetning asosiy o‘quv dasturlari bilan bir qatorda qisqa muddatli o‘quv dasturlarini ham ishlab chiqish va ularni yo‘lga qo‘yish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Manba: Axborot xizmati