Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-kadrlarni tayyorlashda xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlik olib borish bo‘yicha takliflar berildi
    16.02.2022

    Bugun, 16-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida IT Park rezidenti - “DATA” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

    Urganch shahrida joylashgan mazkur o‘quv markaz yoshlarga IT sohasida qator dolzarb IT yo‘nalishlari, ya’ni robototexnika, mobil o‘yinlar yaratish, veb dasturlash, Android dasturlash, 3D animasiya, arxitektura va dizayn, grafik dizayn, SMM, kiberxafsizlik bo‘yicha mutahassislarni tayyorlaydi. Shuningdek, bolalar uchun ham maxsus kurslar tashkil qilingan.Bugungi kunga qadar 800 nafardan ortiq yoshlar “DATA” o‘quv markazining kurslarini tamomlagan.

    Tashrif doirasida “DATA” o‘quv markazi faoliyati to‘g‘risida taqdimoti ham o‘tkazildi. Unda o‘quv markazi vakillari o‘z reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, hozirgi paytda o‘quv markazi mutahassislari tomonidan bolalarni IT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rgatish uchun o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. Kelgusida ushbu qo‘llanmani ko‘paytirish va ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonlarida ishlatish maqsad qo‘yilgan.

    AKT vaziri Sh. Shermatov o‘quv markazining faoliyati bilan yaqindan tanishib, AKT sohasi uchun yetuk malakali kadrlarni tayyorlashda xususiy IT markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha taklif berdi.

    Manba: Axborot xizmati