Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Dentons” yuridik firmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    10.02.2022

    Bugun, 10-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va “Dentons” yuridik firmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos va AKT vazirining o‘rinbosari J.Egamberdiyev ishtirok etdi.

    Uchrashuvda AKT sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish kabi dolzarb va muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Malumot uchun:

    Dentons” - dunyodagi eng yirik xalqaro yuridik firmalaridan biri. Firmaning Olmaota, Ostona, Boku, Kiyev, Moskva, Sankt-Peterburg va Toshkentda vakolatxonalari mavjud. “Dentons” xalqaro va milliy korporatsiyalar, banklar hamda boshqa moliya institutlari, xususiy kapital fondlar, startaplar, davlat korxonalari, jismoniy shaxslar va notijorat tashkilotlarga xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etadi. Kompaniyaning xodimlari 14 mingga yetadi.

    Manba: Axborot xizmati