Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • АКТ vaziri IT Park rezidenti bo‘lgan o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
    29.01.2022

    Bugun, 29-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov IT Park  rezidenti  bo‘lgan  “Najot ta’lim” o‘quv markazi faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

     AKT Vazir Sherzod Shermatov bu yerda IT Park  rezidenti  bo‘lgan  markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, IT sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan takliflarini bildirib o‘tdi.

    Shuningdek, uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ham qatnashdi. Agentlik direktori Yoshlar portalini yanada takomillashtirish hamda yoshlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

    Shu bilan birga, AKT vaziri Yoshlar portalini takommillashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

    Uchrashuv davomida yoshlar daftariga kiritilganlarga IT yo‘nalishida ta’lim olishda imkoniyatlar yaratish masalalari ham muhokama qilindi.

     Shundan so‘ng AKT vaziri o‘quv markazida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan ochiq  muloqot qildilar.

    Manba: Axborot xizmati