Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri IT Parkning yangi qurilayotgan majmuada olib borilayotgan ishlarni tezlashtirish va sifatini yanada yaxshilash bo'yicha aniq vazifalarni belgilab berdi
    22.01.2022

    Bugun, 22-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov poytaxtimizdagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga bordi.

    Habaringiz bor Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 11-dekabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining qurilish jarayonini borib ko‘rgan edi.

    Davlatimiz rahbari qurilish jarayoni bilan tanishgan vaqtda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi quyi tashkilotlarni shu yerga ko‘chirib, bank va IT-kompaniyalarni jalb etib, texnoparkni yaxlit kompleks tarzida rivojlantirish, soha vakillari uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi..

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriqlarning qanday bajarilayotgani, bu erda yangi qurilayotgan zamonaviy majmua qurilishlarning holati bilan tanishib, olib borilayotgan ishlarni  tezlashtirish va sifatini yanada yaxshilash bo'yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

    Ma’lumot uchun:

    Bugungi kunda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi qad ko‘targan. Konferensiya zali qurilishi yakuniy bosqichga kirgan.

    Bu yerda jami 17 ta imorat barpo etiladi. Ular 9 balldan yuqori zilzilaga chidamli bo‘ladi.

    Texnologik parkda IT-tashkilotlar, universitet, konferensiya zali, kovorking markazi o‘zaro uzviy faoliyat olib boradi. Majmua hududida xizmat uylari, mehmonxona, kafe va restoranlar, do‘konlar, sport maydoni, dam olish joylari ham bo‘ladi. Yer ostida 3 qavatli avtoturargoh quriladi.

    Manba: Axborot xizmati