Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston va Qozog‘iston: “Elektron hukumat”ni rivojlantirish yo‘lidagi yangi hamkorlik
    07.12.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vaziri Sh. Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari doirasida AKT vazirligi delegatsiyasi va “Xolding Zerde” AJ vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

    Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” loyihalarini boshqarish markazi va Qozog‘iston Respublikasining “Xolding Zerde” kompaniyasi oʻrtasida elektron hukumat tizimini rivojlantirish va aholining raqamli transformatsiyasi boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, shu bilan birga tajriba almashish maqsadida memorandum imzolandi.

    2008-yilda tashkil etilgan “Xolding Zerde” AJ mamlakatni raqamlashtirishning asosiy harakatlantiruvchisi hisoblanadi. “Xolding Zerde” elektron hukumatni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi va davlat organlari uchun IT arxitekturasini yaratadi. Bugungi kunda kompaniya “Raqamli Qozog‘iston” davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni olib bormoqda. Shuningdek, IT-texnologiyalar bozorini rivojlantirish va ilg‘or loyihalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.