Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Uchrashuv o'tkazildi
    06.12.2021

    AKT vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park delegatsiyasi va Astana Hub kompaniya-rezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Astana Hub rezidentlarining O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini kengaytirishi bo‘yicha amaliy rejalar muhokama qilindi.

    Uchrashuv avvalida jahon miqyosida talabalarni rekruting (ishga taklif qilish) bilan shug‘ullanayotgan mustaqil mutaxassislarning faoliyatini tashkil qilishga yo‘naltirilgan “Oquda” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Kompaniya rahbari O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadini aytib o’tdi.

    Shundan so‘ng texnologik va joriy qilish konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Maxinum Consulting Group” kompaniyasi bilan muzokara olib borildi. Mazkur kompaniya bilan O‘zbekiston IT sohasida ilk qadamlarini qo‘yayotgan mutaxassislarni mentorlikka jalb qilishga kelishildi.

    O‘z navbatida, “MyBuh.kz” kompaniyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida uning filialini ochish va IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tikazishga kelishildi. “MyBuh.kz” kompaniyasi tadbirkorlarga buxgalteriya sohasida avtomatlashirilgan servisni taqdim etadi.

    Ma’lumotlarni tahlil qilish va ularni vizuallashtirish xizmatlarini ko‘rsatayotgan Datanomix konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonlik kompaniyalari uchun seminar o‘tkazilishi belgilangan.

    Avtoturargohlar uchun aqlli yechimlarni taqdim etayotgan “Parqour” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochib, qator loyihalarda g‘olib deb topildi. Ular bilan muzokaralar olib borish natijasida IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tikazishga kelishildi.

    Tomonlar kelgusida O‘zbekistonlik va Qozog‘istonlik IT kompaniyalarni milliy va xalqaro bozorlarida qo‘llab-quvvatlash va birgalikda loyihalarni amalga oshirish maqsadida IT Park va Astana Hub o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash istagini bildirishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati