Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Endilikda yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini Yagona portal orqali tiklash mumkin
    03.12.2021

    Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun imtihonga ariza yuborish” xizmati ishga tushirildi.

    Mazkur xizmatning qulayligi shundaki, endi fuqarolar yo‘qotilgan guvohnomani tiklash uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyurmagan holda tegishli hujjatlarni elektron ilova qilishlari mumkin.

    Ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:

    -         Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.

    -         083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma (amal qilish muddati 3 oydan o‘tmagan bo‘lishi lozim).

    -         Oxirgi bir yil davomida avtotransport vositasini boshqarganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ishonchnoma, haydovchilik bilan shug‘ullansa, ishxonadan ma’lumotnoma, texpasport va boshqalar).

    -         Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi (nusxasi mavjud bo‘lsa).

    Taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgach, murojaatchiga Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyurish, imtihonlardan o‘tish uchun qonunchilikda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish hamda nazariy va amaliy imtihondan o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

    Shu bilan birga, Yagona portal foydalanuvchilari yuborilgan arizalar holatini my.gov.uz manzilida onlayn tarzda kuzatib borishlari mumkin.