Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Veon” rahbariyati bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi
    30.09.2021

    Bugun, 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Veon kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashdi. 

    Uchrashuvda telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish bozorini yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, xususan, mobil aloqa kompaniyalarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yurtimizda har tomonlama keng imkoniyatlar yaratib berilganini taʼkidladi.

    Uchrashuv chog‘ida “Veon” kompaniyalar guruhining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarda ishtirok etish masalalari, jumladan IT tadbirkorlikni rivojlantirish, IT parklar faoliyatini takomillashtirish, AKT sohasi uchun mutaxassislarni tayorlash, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmani barpo etish masalalari muhokama qilindi.

    Tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

     

    Manba: Axborot xizmati