Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bepul IT kurslarda o‘qitilmoqda
    27.09.2021

    Samarqand viloyati IT park filiali  hamda Respublika “Meros” jamg’armasi tomonidan “Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini IT sohasiga bepul o’qitish” loyihasi birinchi bosqichi boshlandi.

    Loyihaning birinchi bosqichida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan
    15 nafar o‘g‘il-qizlar jalb qilinib, ularga kompyuter savodxonligi bo‘yicha darslar o‘tildi.

    Shu bilan birga, o’quvchi yoshlarga loyiha mazmuni, IT sohasi hamda loyiha doirasida o’qitiladigan IT kurslar haqida batafsil  ma’lumotlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati