Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Aholiga ilg'or texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tez tibbiy yordam xizmatlarni ko'rsatish maqsadida
    25.09.2021

    2021-yil 25-sentabr kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 192-sonida“Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinalari aholi xizmatiga safarbar etilmoqda” nomli maqola chop etildi. 

    Mazkur maqolada Respublikada tez tibbiy yordam xizmatini yanada mustahkamlash uchun “Volkswagen Caddy” rusumidagi avtomobillarni yetkazib berish boshlanishi to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

    Maqolaning gazeta ko'rinishidagi varianti.

     

    “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinalari aholi xizmatiga safarbar etilmoqda

    Yurtimizda tibbiyotning eng muhim yo‘nalishi bo‘lgan tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy tibbiy texnika va transport vositalari sonini yanada oshirish, soha amaliyotiga eng so‘nggi ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joiry etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

    Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ISHTIROKIDA “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga binoan, tz tibbiy yordam xizmati uchun yangi va zamonaviy rusumdagi tez tibbiy yordam avtomashinalarini xarid qilish belgilangan edi.

    Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Jizzax avtomobil zavodi o‘rtasida tez tibbiy yordam mashinalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

    Kuni kecha Jizzax avtomobil zavodida mazkur shartnomaga muvofiq yurtimizda ishlab chiqarilgan A toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalarining birinchi bosqichini hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari tizimidagi tez tibbiy yordam shoxobchalariga yetkazib berishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Unda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jizzax avtomobil zavodi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Mamlakatimizda tez tibbiy yordam xizmatini eng so‘nggi rusumdagi va barcha qulayliklarga ega zamonaviy avtotransport vositalari bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, - deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov. — O‘tgan yili Toshkent shahar “Tez yordam” stansiyasiga reanimatsion tibbiy apparatlar bilan jihozlangan 150 dona “Ford” rusumli avtomashinalar xarid qilingan edi. Bugun esa mamlakat bo‘yilab xuddi shunday 435 ta reanimobil xalqimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Sohadagi muhim o‘zgarishlardan yana biri shuki, “Tez yordam” brigadalari aholi yashash punktlariga yanada yaqinlashtirildi. Natijada xizmat ko‘rsatish radiusi 15-20 kilometrdan 9-12 kilometrga qisqardi.

    Aytish joizki, shu yilning 1 oktabriga qadar jami 1000 ta “Voklswagen Caddy” tez tibbiyot yordam avtomashinalarini mamlakatimiz hududlariga yetkazib berish ko‘zda tutulgan. Mazkur zamonaviy avtomashinalar mamlakatimizning barcha hududlariga teng taqsimlanadi.

    Eng so‘nggi va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ushbu avtotransport vositalari xalqaro talablarga to‘la mos kelib, bemor va tibbiyot xodimlarining qulay joylashishiga imkoniyat yaratadi, - deydi Jizzax avtomobil zavodi direktori o‘rinbosari Shuhrat Mirsamukov. — Xususan, avtomashina sovitish-isitish, ventilatsiya, tezkor aloqa tizimi bilan jihozlangan. GPS tizimi o‘rnatilgani tufayli avtomashinalarning harakat yo‘nalishidan xabardor bo‘lish imkoniyati mavjud.

    Mazkur avtomashinalar shahar sharoitida harakatlanish bo‘yicha yuqori texnik ko‘rsatqichlarga ega bo‘lib, o‘tuvchanligi, ishonchliligi hamda yonilg‘I tejamkorligi bilan shu turkumdagi boshqa avtomobillardan ajralib turadi.

    Muxtasar aytganda, ushbu avtomashinalarda harakatni to‘xtatmay turib ham bemorga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish mumkin. Bu esa, tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yahshilash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

     

    Shahzod G‘afforov, “Yangi O‘zbekiston” muhbiri