Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha YIDXP orqali ariza berish mumkin
    23.09.2021

    Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.  Ma’muriy reglamentga ko‘ra, yirik investitsiya loyihasi deyilganda qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentidagi investitsiya loyihasi tushuniladi.

     Loyihani amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olinadi.

    Talabgor yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faqat YIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali ariza bilan murojaat etadi.

    Ariza DXM orqali taqdim etilganda BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YIDXP orqali murojaat etilganda bu miqdor 243 ming so‘mni (10 foizli chegirma) tashkil etadi.

    Yirik investitsiya loyihasiga muqobil takliflar Ishchi organning rasmiy veb-saytida e’lon berilgan kundan boshlab 60 kun davomida  qabul qilinadi.

    Manba: Axborot xizmati