Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida raqamli hukumat sohasida hamkorlik” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi
    15.09.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos va Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi, Raqamli hukumat Axborot direktori Seon Yong Jyong boshchiligida “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida raqamli hukumat sohasida hamkorlik” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilot vakillari va Koreya Respublikasi tomonidan Fan va AKT vazirligi, Ta’lim vazirligi, Yer resurslari, infrastruktura va transport vazirligi, Madaniyat, sport va turizm vazirligi, Milliy Axborot Agentligi va Koreya mintaqaviy axborotni rivojlantirish instituti rahbariyati ishtirok etdilar.

    Mazkur tadbir davomida O‘zbekiston tomonidan Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish rejasi taqdimoti bilan chiqish qildilar. O‘z navbatida Koreya tomoni Koreya-O‘zbekiston raqamli hukumati hamkorligidagi vazifalarga e’tibor qaratib, jami to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha taklif va strategiyalarini tanishtirib o‘tadilar.

    Ushbu to‘rt yo‘nalishdagi asosiy mavzular — sun’iy intellekt strategiyasi, ta’lim va madaniyat kabi sohalarda sun’iy intellektdan foydalanish, mintaqaviy axborotlashtirishga qaratilgan “Axborotlashtirilgan qishloq” loyihasi va SBMT elektron hukumatini baholashdir.

    Tadbir so‘nggida tomonlar muhokama qilingan mavzular yuzasidan kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.  

    Manba: Axborot xizmati