Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha elektron xizmatlardan foydalanishlari mumkin
    08.09.2021

    Joriy yilning 31-avgust kuni Hukumat qarori bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

    Reglamentga ko‘ra, iste’molchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoxud “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Yoki davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi.

    Buning uchun iste’molchilar tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi. Xizmat uchun BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im miqdori 24 300 so‘mni tashkil etadi.

    Mazkur tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.

    Manba: Axborot xizmati