Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyatining chekka hududlarida optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazildi
    31.08.2021

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida Surxondaryo viloyatining olis va chekka tog‘li hududlari sanalgan Boysun tumani, Uzun tumani hamda Bobotog‘ hududlariga  optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazildi.

    Shu bilan birga,  bir qancha aholi maskanlarida joylashgan ijtimoiy soha obyektlari ya’ni umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi, profilaktika inspektorlari xizmat xonalariga zamonaviy va  yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini taqdim etishga mo‘ljallangan optik tolali aloqa kabellari tortilib, aloqa stansiyalari va asbob-uskunalari o‘rnatildi.

    Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bilan bir qatorda viloyatdagi 1 549 ta ijtimoiy soha obyektlaridan 1 524 tasi, jumladan 918 ta xalq ta’limi, 352 ta maktabgacha ta’lim, 269 ta  tibbiyot muassasalarigacha optik tolali aloqa liniyalari qurilib, yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Viloyatdagi 721 ta MFYlardan barchasiga yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

    Manba: Axborot xizmati