Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Endilikda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun elektron ariza topshirish mumkin
    10.08.2021

    Hozirgi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati mavjud.

    Shuningdek, yangi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovni elektron tarzda amalga oshirsa bo‘ladi. Yagona portal orqali ariza yuborgach, davlat xizmatlari markazlariga  Fuqarolik pasporti, Eski haydovchilik guvohnomasi va talon, Yangi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov qog‘ozi kabi hujjatlarni olib borishingiz kerak.

    Manba: Axborot xizmati