Endilikda Yagona portlada orqali “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan yetkazib beriladigan joʻnatmalar holati va uning qaysi manzilda ekanligidan xabardor boʻlib turish mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali (https://my.gov.uz/uz/service/246) kiriladi. Buning uchun tekshiruv qatoriga maxsus raqamni kiritib, “Qidirish” tugmasini bosasiz. Oʻsha ondayoq ekranda joʻnatmangiz holati toʻgʻrisidagi eng soʻnggi maʼlumotlar avtomat tarzida namoyon boʻladi.
Manba: Axborot xizmati