Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Ishchi guruhi “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali Termiz shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi faoliyati bilan tanishdi
    27.06.2021

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov rahbarligidagi Ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga xizmat safarida davomida, «O‘zbektelekom» AK Surxondaryo filiali Termiz shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasining yaqinda ochilgan sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisida bo‘lishdi.

    O‘tgan yil davomida viloyatda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 51,3 ming raqamli 38 ta zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari o‘rnatilib, stansiyalar soni 122 taga va umumiy sig‘imi 112,8 ming raqamga yetkazilgan edi. Shuningdek, 2021-yilning o‘tgan davri davomida 920 km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 5 ming km.ga yetkazildi.

    Aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish maqsadida 2021-yil 3-mart kuni Termiz shahrida «O‘zbektelekom» milliy operatorining zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi. Haqiqatda bu maskanda mijozlar uchun barcha sharoitlar to‘laqonli yaratilgan.

    Bugungi kunda Surxondaryo viloyatidagi aholi maskanlari 104 ta pochta aloqa bo‘limlari orqali pochta xizmatlari bilan qamrab olingan. 32 ta aloqa bo‘limlarida aholiga 16 turdagi davlat va bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

    Bog‘lamaning xizmat xonalari zamonaviy ta’mirlanib, xodimlar uchun qator qulayliklar yaratilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati