Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekistonning internet tezligi boʻyicha jahon reytingida pozitsiyasi yaxshilandi
    21.06.2021

    "Ookla" kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021-yil may oyi natijalariga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unda, Oʻzbekistonning mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayt etilgan.

    Taʼkidlash kerakki, bir yil ichida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha 1,5 barobarga (53,2 foizga) oʻsganligi qayd etildi, yaʼni 26,45 Mbit/s. dan (2020-yil may  holatiga koʻra) 40,54 Mbit/s. gacha (2021-yil may holatiga koʻra).

    Mobil internet tezligi boʻyicha ham ijobiy koʻrsatkichlar qayd etildi, ya’ni joriy yil may oyi natijalariga koʻra,  Oʻzbekiston yana toʻrtta pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi  yillarda  mamlakatimizda mobil internet tezligi 11,26 Mbit/s. dan (2020-yil may holatiga koʻra) 18,56 Mbit/s. gacha oʻsdi (2021-yil may holatiga koʻra). Bir yil ichida ushbu koʻrsatkich 64,8 foizga koʻtarilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati