Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy shahrida o‘tkazilgan yoshlar festivali doirasida Robototexnika bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi
    17.06.2021

    Joriy yilning 16-18 iyun kunlari Navoiy viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo'lib o'tmoqda.  Dastur rejasiga ko‘ra,  40 dan ortiq turli tanlov va musobaqalar, tadbir hamda loyihalar  uch kun davomida o‘tkaziladi. Viloyat yoshlari turli tadbirlarda o‘zlari qiziqqan soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.

    Jumladan,  robototexnikaga qiziquvchi yoshlar uchun  Robotlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan master-klass o‘tkazildi. Tadbir davomida faol qatnashgan  yoshlar  tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.  Shuningdek, robototexnikaga qiziquvchilar uchun yosh robototexniklar tomonidan yaratilgan ishlanmalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati