Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Zomin tumanida yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    08.06.2021

    Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida  Jizzax viloyati, Zomin tumanida zamonaviy infratuzilmalar bilan jihozlangan IT-markaz ochildi.  

    Ushbu markaz Jizzax viloyatida tashkil etilgan to’qqizinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, Zomin tuman hokimligi rahbar va xodimlari, IT Park maslahatchisi janob Partasartilar so’zga chiqib yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirib o’tishdi.

    Mazkur markaz zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanishdasturlashveb dizaynkompyuter grafikasi, kiber sport o’yinlari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati