Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi Belarus IT-kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
    04.06.2021

     “TIBO-2021” XXVII Xalqaro forumi doirasida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari “Synesis” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdilar.  

    “Synesis” kompaniyasi vakillari bilan suhbat davomida elektron hukumat foydalanuvchilarini identifikatsiyalashda “Face ID” texnologiyalaridan foydalanish metodologiyasi muhokama qilindi. Uchrashuv natijasida kelgusida texnik tafsilotlar ishlab chiqilgandan so‘ng loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishildi. Shuningdek, davlat sektori uchun xavfsiz messenjer “Frisbee” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    “Synesis” – Minsk va Moskvada IT-mahsulotlarni ishlab chiqarish markazlariga ega bo‘lgan xalqaro IT-kompaniya hisoblanadi. U Belarus Yuqori texnologiyalar parki va Skolkovo innovatsion markazining rezidentidir.  Kompaniya yuzni aniqlash tizimlari, jamoat xavfsizligi va ommaviy tadbirlarni boshqarish platformalarini, shuningdek mobil ilovalar va chat botlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Shuningdek, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash sohasida o‘z tadqiqotlarini olib boradi.

    Shu bilan birga Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakillari Belarus Elektron xizmatlar milliy markazining (EXMM) Data-markazi faoliyati bilan tanishishdi.

    Ushbu Data-markaz mijozlarga Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida bulutli infratuzilmani yaratish, boshqarish, sozlash va belgilangan parametrlarga ega virtual infratuzilmani boshqarish imkoniyatini beradi.  EXMM Belarusda VMware dasturiy ta’minotini ijaraga berish dasturi bo‘yicha servis-provayder hisoblanadi. U Minskdagi o‘z ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga asoslangan holda IT-autsorsing xizmatlarini ko‘rsatadi.

    Manba: Axborot xizmati