Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari “Elektron xizmatlar milliy markazida TIBO-2021 kunlari” seminarida qatnashdilar
    03.06.2021

    O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari “Elektron xizmatlar milliy markazida TIBO-2021 kunlari” seminarida ishtirok etdilar.

    Mazkur seminar 2021-yil 2-3-iyun kunlari Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida o‘tkazilmoqda.

    Seminarning asosiy mavzulari GBC ning o‘ziga funksional mosligi Hukumat, Biznes va Fuqarolar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarining rivojlanishida zamin bo‘lishi hamda elektron hukumatning yangi infratuzilmasi masalalaridan iboratdir.

    “Elektron xizmatlar milliy markazida TIBO-2021 kunlari” seminar dasturiga binoan, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Latviya va O‘zbekiston mutaxassislarining o‘z mamlakatlarida elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish tajribasi bilan tanishtirishlari ko‘zda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati