Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
    25.05.2021

    Joriy yilning 24-25-may kunlari Samarqand viloyatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, Vazirlik tizimidagi viloyat tashkilotlari hamda O‘zkomnazorat viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatini “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli transformatsiya qilish dasturi loyihalari ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.

    O‘rganish yakunlari bo‘yicha Samarqand viloyatini raqamli transformatsiya qilish dasturida belgilangan umumiy qiymati 46,2 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan 120 ta loyihalardan 78 tasi (65 foiz) to‘liq bajarilganligi, 38 ta (32 foiz) loyihalarning bajarilishi davom etayotganligi hamda 4 ta (3 foiz) loyihalar bo‘yicha kechikish mavjudligi aniqlanib, ularni tezkor bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

    Viloyatda namunaviy tumanlar etib belgilangan Qo‘shrabot va Nurobod tumanlarda raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi holati o‘rganildi. Jumladan, Qo‘shrabot tumanini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan jami 31 ta loyihadan bugungi kunda 29 tasi to‘liq bajarilgan hamda 2 tasi bajarilayotgani va tegishli ishlar amalga oshirilayotgani hamda Nurobod tumanini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan 42 ta loyihadan 39 tasi to‘liq bajarilgan va 3 tasi bo‘yicha kechikish mavjudligi aniqlandi.

    Shu bilan birga, ishchi guruh tomonidan yig‘ilish o‘tkazilib, “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasiga muvofiq Hududlarni reytingli baholashda “qizil” ro‘yxatdan joy olgan tuman (shahar)da mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘zaro muhokama qilindi.

    Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamlashtirishga doir Farmon va qarorlari ijrosini jadallashtirish va tumanlarning reyting ko‘satkichlarini yaxshilash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati