“ALSKOM” sugʻurta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori lavozimiga Ilyosov Tursunboy Gʻiyosjon oʻgʻli tayinlandi.
T. Ilyosov shu vaqtga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligida ishlab kelayotgan edi.
Shu bilan birga, T. Ilyosov “ALSKOM” sugʻurta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
T. Ilyosov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan. 1993-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Manba: Axborot xizmati