eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universiteti 2021-2022 oʻquv yili uchun hujjatlarni qabul qilmoqda
    03.05.2021

    Toshkent shahridagi Amiti universitetida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qabul jarayoni davom etmoqda.

    Hujjatlarni Xalqaro “Foundation” dasturi, bakalavr va magistratura yo'nalishlari boʻyicha topshirish mumkin.

     

    Xalqaro “Foundation” dasturi;

    Bakalavr bosqichida:

    • Axborot texnologiyalari;
    • Kompyuter muhandisligi;
    • Iqtisodiyot;
    • Turizm sohasidagi boshqaruv;
    • Biznes boshqaruv;

    Magistratura bosqichida:

    • Axborot texnologiyalari

     

    Eslatib oʻtamiz, 2021-2022-yil kirish imtihonlari  uch marotaba amalga oshirilib, matematika, ingliz tili fanlaridan hamda suhbat tarzida boʻlib oʻtadi. Imtihonlar may, iyun va iyul oylarida onlayn tarzda  boʻlib o’tishi rejalashtirilgan. Bu oʻz navbatida abituriyentlar uchun imtihonni qayta topshirish imkoniyatini taqdim etadi.    

     

    Manba: Axborot xizmati