Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi
    29.04.2021

    Bugun 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh. Sodiqov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi  Olgan Bekar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

    Vazir Elchini Oʻzbekistonga Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi hamda yuksak va masʼuliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi.

    Uchrashuv chogʻida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni olib borish masalalarni muhokama etishdi. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Turkiya  oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati