Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali direktori lavozimiga Eshnazarov Nodirbek Tirkashevich tayinlandi
    22.04.2021

    “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali direktori lavozimiga Eshnazarov Nodirbek Tirkashevich tayinlandi.

    N. Eshnazarov shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

    Shu bilan birga, N. Eshnazarov faoliyati davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektron hukumatni rivojlantirish boshqarmasi, Hududlarni raqamli rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida  faoliyat yuritgan.

    Shu bilan birga, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali,  Davlat aloqa inspeksiyasi Radioeshittirish va televideniye bo‘limida  hamda Samarqand viloyati Davlat aloqa inspeksiyasida faoliyat olib borgan.

    N. Eshnazarov Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan.

    N. Eshnazarov 1981 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati