Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Narpay va Paxtachi tumanlaridagi pochta aloqa bo‘limlari va telekommunikatsiya bog‘lamalari faoliyati bilan tanishdi
    20.04.2021

    Mamlakatimizda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, fan va innovatsion faoliyatni jadal rivojlanishi uchun aynan viloyat va tumanlarda zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda va barcha sohada izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sh. Sodiqov boshchiligida ishchi guruh Narpay va Paxtachi tumanlaridagi pochta aloqa bo‘limlari va telekommunikatsiya bog‘lamalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida soha korxonalari tomonidan qilingan ishlar, 2021-yildagi rejalar tahlil qilinib, tumanlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

    Xususan, Paxtachi tumanida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha, 2021-yilning birinchi chorak holatiga ko‘ra, telefon stansiyalarining umumiy montaj sig‘imi 1,3 ming raqamga teng, keng polosali telekommunikatsiya qurilmalarining montaj sig‘imi 3,2 ming portni tashkil etadi. Shu bilan birga, 84,9 kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi va tuman bo‘yicha jami optik tolali aloqa liniyasining uzunligi 315,2 kilometrga yetkazildi.

    Tumandagi 98 ta ijtimoiy soha obyektlaridan 92 tasi, jumladan 46 ta Xalq ta’limi muassasalarining 40 tasi, 36 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 16 ta tibbiyot muassasalari optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishlari uchun imkoniyat yaratildi.

    Tumandagi 59 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 22 tasi simli tarmoq orqali yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulandi.

    Hozirga qadar tuman bo‘yicha jami 9 ta pochta aloqa bo‘limlari aholiga pochta xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida 8 ta aloqa bo‘limlarida 16 turdagi elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, 10 ta pochta aloqa bo‘limlarida autsorsing asosida bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

    Narpay tumanida esa, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha, 2021 yilning birinchi chorak holatiga ko‘ra, telefon stansiyalarining umumiy montaj sig‘imi 4 ming raqamga teng, keng polosali telekommunikatsiya qurilmalarining montaj sig‘imi 9,4 ming portni tashkil etadi. Shuningdek, 86,96 kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi va tuman bo‘yicha jami optik tolali aloqa liniyasining uzunligi 335,87 kilometrga yetkazildi.

    Narpay tumandagi 136 ta ijtimoiy soha obyektlaridan 135 tasi, jumladan 69 ta Xalq ta’limi muassasalarining 68 tasi, 55 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 12 ta tibbiyot muassasalari optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishlari uchun imkoniyat yaratildi. Tumandagi 57 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 33 tasi simli tarmoq orqali yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulandi.

    Bugungi kunda tuman bo‘yicha jami 11 ta pochta aloqa bo‘limlari aholiga pochta xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati