eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
    16.04.2021

    Bugun, 16-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori X. Astok bilan uchrashuv bo’lib o‘tdi.

    Unda O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida elektron hukumat sohasida hamkorlik olib borish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

    Mazkur memorandumda elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha ikki davlat o‘zaro hamkorligining  asosiy yo‘nalishlari belgilangan.

    Memorandum Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos hamda Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasining ijrochi direktori X. Astok tomonidan imzolandi.

     

    Manba: Axborot xizmati