Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqanddagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
    15.04.2021

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Samarqand shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)ning hududiy filialida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

    – Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ishlash niyatidagi yoshlar ko‘pligi quvonarli, – dedi AKT vaziri Shuhrat Sodiqov filial yoshlari bilan muloqot davomida. – Albatta, sizlarning bugun boshlagan loyihalaringiz ertaga katta iqtisodiy samaralar olib kelishi aniq. Hozir biz sizlar uchun qulay sharoitlar, faoliyatingizni to‘liq yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozlar yaratib berishimiz shart. Shuning uchun aslo intilishdan, harakatdan to‘xtamanglar deb alohida ta’kidladi.

    IT-Park Samarqand hududiy filiali ham yoshlarni mazkur sohaga qiziqtirish, tadbirkorlik sub’yektlariga bir qator imtiyozlarni bergan holda, ularning samarali faoliyat olib borishlari uchun shart-sharoit va imkoniyat yaratib berish orqali sohada dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportini yo‘lga qo‘yish, yangi loyihalar va startaplarni hayotga tatbiq etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishda bevosita ishtirok etish, viloyatning jami xizmatlar hajmida AKTning ulushini sezilarli oshirish maqsadida ish yuritmoqda.

    O‘tgan yilning dekabr oyida Samarqand shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)ning hududiy filiali zamonaviy infratuzilmaga ega binoda o‘z faoliyatini boshlagan edi. Bu yerda axborot texnologiyalari sohasida istiqbolli startap-loyihalarni amalga oshirish, ularni ichki va tashqi bozorlarga chiqarish, yosh dasturchilar tayyorlash, sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida IT-Parkning Samarqand filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Bino ikki qavatli bo‘lib, ob’yektning umumiy yer maydoni qariyb 1 gektarga yaqin, maydoni 1 118 kv. m.ni tashkil etadi. Bu yerda 200dan ortiq mutaxassislar ishlashi mumkin. Samarqand IT-Parkida kovorking, rezidentlar va startapchilar uchun ofis joylari, zamonaviy o‘quv xonalari, robototexnika, kibersport, muzokara va uchrashuvlar xonalari, konferens zal, intervyu zona, kafe va boshqa yordamchi xonalar eng so‘nggi uslubdagi dizayn hamda zamon talablari asosida tashkil etilgan.

    Manba: Axborot xizmati