Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xotin-qizlarimizni AKT asoslarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan “TechBika” loyihasiga start berildi
    16.02.2021

    So‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollarning jamiyatdagi roli va nufuzini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Buning amaliy ifodasini yurtimizda olib borilayotgan qator islohotlardan yaqqol kuzatishimiz mumkin. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish orqali jamiyat hayotining turli jabhalarida ayollarni faol ishtiroki ta’minlanmoqda.

    Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ayniqsa ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan ayollarni talab yuqori bo‘lgan kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, shu asosda biznesini yo‘lga qo‘yishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish vazifalar qo‘yilgan.

    Xususan viloyatdagi “IT Park”ning rezident korxonalari uchun mutaxassis tayyorlash maqsadida 2021 yilda 1000 nafar xotin-qizlarni axborot texnologiyalari va dastulashga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilning 13 fevral kuni “TechBika” loyihasiga start berish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda viloyat va shahar-tumanlar hokimliklarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari, oliy ta’lim va xalq ta’limi muasasalarining axborot texnologiyalariga yo‘nalishida ishtiyoqi baland ayol-qizlari va viloyatdagi shu yo‘nalishda faoliyat yuritish istagidagi jami 250 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtiroki etishdi.

    Mazkur “TechBika” loyihasi 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarni qamrab oladi. Ushbu loyiha ayol-qizlarimizga axborot texnologiyalari sohasining 8 ta yo‘nalishidagi o‘quv qurslarida ta’lim berishga mo‘ljallangan. O‘quv kurslar davomida o‘z iqtidorini namoyish qila olgan talaba ayol-qizlarimizni start-ap loyihalarini ishlab chiqish va tadbiq qilishlariga har tomonlama ko‘maklashiladi.

    Shuningdek o‘quv kurslarida muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchi xotin-qizlar uyda o‘tirgan holda axborot texnologiyalari sohasida o‘z-o‘zini band qilish orqali faoliyat yuritishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari yuqorida aytilganidek “IT Park”ning viloyatdagi rezident korxonalari uchun tayyor mutaxassis sifatida ishga joylashishlari mumkin bo‘ladi. Bu orqali ayol qizlarimiz orasida ishsizlikni kamaytirilishiga va oilalarning moddiy ahvolini yanada yaxshilashga erishiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati