Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari “University Cyber Cup” musobaqasi sovrindorlari bo'ldi
    02.02.2021

    Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Toshkent oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “University Cyber Cup” musoboqasining final bosqichida yetakchilik qilishdi. Universitetning kiber jamoasi a’lo natijalarni ko‘rsatib, Dota 2 yo‘nalishi bo‘yicha g‘alabani qo‘lga kiritib, CS:GO bo‘yicha ikkinchi va PUBG Mobile bo‘yicha uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.

    “University Cyber Cup” kiber musobaqasi Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Ishtirokchilar Dota 2, CS:GO va PUBG mobile o‘yinlarida o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Kibersport Uyushmasi tomonidan va O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida tashkil etildi. Musoboqaning sovrin jamg‘armasi 100 million so‘mni tashkil etdi.

    Musobakaning saralash bosqichi 23 va 24-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi va unda 400 ga yaqin talabalar ishtirok etdi. 31-yanvar kuni musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

     

    Manba: Axborot xizmati